Eski lotin yozuvidan yangi alifboga bir bosişda
Fayllar brauzeringizdan çiqmaydi
OʻzbekistonÖzbekiston
Eski lotin yozuvi
Yangi alifbo
Nima özgardi?
Yangilangan özbek lotin alifbosi töğrisidagi qonun 2026-yil 21-oktabrda imzolandi va 2027-yil 22-apreldan kuçga kiradi.
- Imzolandi21-oktabr2026-yil
- Kuçga kiradi22-aprel2027-yil
| Edi | → | Böldi | Misol |
|---|---|---|---|
| Oʻ oʻ | Ö ö OʻzbekistonÖzbekiston | OʻzbekistonÖzbekiston | |
| Gʻ gʻ | Ğ ğ togʻtoğ | togʻtoğ | |
| Sh sh | Ş ş shaharşahar | shaharşahar | |
| Ch ch | Ç ç choyçoy | choyçoy |
28 harf va apostrof
Alifboda endi 28 ta harf bor. Tutuq belgisi (ʼ) saqlanadi: maʼno, sanʼat, eʼlon.
Ng endi alohida harf emas
Ng alohida harf hisoblanmaydi, lekin avvalgidek yoziladi: tong, ming.
Eski hujjatlar kuçda
2027-yil 22-apreldan oldin berilgan hujjatlar haqiqiyligiça qoladi — ularni almaştiriş şart emas.
Savollar
Maxfiylik, formatlar va ögiruvçi qanday qaror qabul qilişi haqida qisqaça.
Fayllarim biror joyga yuklanadimi?
Yöq. Ögir butunlay brauzeringizda işlaydi: matn va fayllar qurilmangizdan çiqmaydi. Sayt hatto internetsiz ham işlaydi.
Qaysi formatlar qöllab-quvvatlanadi?
TXT, MD, CSV, SRT, VTT, DOCX, XLSX, PPTX, ODT, HTML, JSON va PDF. Eski .doc, .xls va .ppt fayllarini avval Word, Excel yoki PowerPoint’da yangi formatda saqlaş kerak.
Formatlaş saqlanadimi?
Ha. Faqat matn özgaradi: şriftlar, jadvallar, rasmlar, kolontitullar, izohlar va şarhlar joyida qoladi — söz turli formatdagi bölaklarga bölingan bölsa ham. Excel formulalari, varaq nomlari va nomlangan diapazonlarga tegilmaydi. PDF faqat matnga ögiriladi.
Apostroflar qanday aniqlanadi?
oʻ va gʻ ning barça yoziliş usullari taniladi: ʻ ‘ ’ ' ` ʼ ´. maʼno, sanʼat kabi sözlardagi tutuq belgisiga tegilmaydi. Şubhali holatlar sariq rang bilan belgilanadi — ustiga bossangiz, qaror özgaradi.
Eski alifboga qaytariş mumkinmi?
Ha — «Yangi → Eski» yönalişini tanlang. Oʻ va Gʻ rasmiy ʻ belgisi bilan yoziladi.
Havolalar va brend nomlari özgaradimi?
Yöq. URL, e-poçta manzillari, @eslatmalar va istisnolar röyxatidagi sözlar (Chevrolet, Shazam) özgarmaydi. Röyxatni «Istisnolar» tugmasi orqali tahrirlaş mumkin.
Internetsiz işlaydimi?
Ha. Birinçi kirişdan söng sayt oflayn işlaydi, uni ilova sifatida örnatiş ham mumkin.
Nega saytda reklama bor?
Reklama saytni rivojlantirişga yordam beradi. Uni Google AdSense körsatadi: Google va uning hamkorlari reklamani şu va boşqa saytlarga taşriflaringizga qarab tanlaş uçun cookie fayllaridan foydalanadi. Şaxsiylaştirilgan reklamani adssettings.google.com sahifasida öçirib qöyiş mumkin. Ögirning özi matn va fayllaringizni heç qayerga yubormaydi.